Vashington shahrida AQSh prezidenti Avraam Linkoln me’moriy yodgorligini oyoqosti qilgan Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“18-sentabr, dushanba kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Avraam Linkoln me’moriy yodgorligini oyoqosti qilgan qirg‘izistonlik fuqaro hibsga olindi. Kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, u yodgorlikka tanga yordamida o‘z ismini tirnab yozgan”, — deydi matbuot xizmati xodimi.
Qirg‘izistonlik fuqaro hibsning ertasi kuni oktabr oyining boshiga mo‘ljallangan sudda ishtirok etish sharti bilan qo‘yib yuborilgan.
“Me’moriy yodgorlikka yetkazilgan zarar miqdori ikki ming dollarni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘izistonning AQShdagi elchixonasi fuqaro bilan bog‘langanida u qilmishidan pushaymonda ekanligini aytgan.
Izoh (0)