Janubiy Koreya AQSh prezidenti Donald Trampning BMT Bosh assambleyasidagi KXDRni butkul yo‘q qilish bilan tahdid qilingan nutqini ijobiy baholadi. Bu haqda prezident Mun Chje In ofisi 20-sentabr, chorshanba kuni tarqatgan bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
“Mazkur nutq Qo‘shma Shtatlar hukumati Shimoliy Koreya yadro dasturiga nechog‘li jiddiy munosabatda ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Prezident Tramp ham bu muammoni muhokama etishga juda ko‘p vaqt sarfladi”, — deyiladi hujjatda.
Janubiy Koreya prezidenti ofisiga ko‘ra, Trampning nutqi KXDR yadro qurolidan voz kechish kelajak uchun yagona chora ekanligini anglab yetishi zarurligini yana bir bor tasdiqladi.
Izoh (0)