Halima Yakob Singapurning yangi prezidentiga aylandi, u yaqin vaqtlargacha parlament spikeri sifatida faoliyat yuritib kelgan, deb yozadi “TASS”.
Shu tariqa, 63 yoshli Yakob mamlakatning ilk ayol prezidentiga, shuningdek, malayya jamoatchiligining ushbu lavozimni egallagan 47 yil ichidagi birinchi vakiliga aylandi.
Dastlab, saylovda sobiq spikerdan tashqari yana to‘rt nafar nomzod qatnashishni rejalashtirgandi. Ammo ikki kishining nomzodi hujjatlarni topshirish bosqichining boshidayoq rad etildi, chunki ular malayya jamoatchiligi vakillari emasdi. O‘tgan yilning noyabrida qabul qilingan qarorga muvofiq, joriy kampaniyada faqat malayyaliklar qatnashishi mumkin edi.
Qolgan ikki nomzod talablarga javob bermagani uchun, saylanish huquqini beruvchi sertifikatni qo‘lga kirita olmagach, 11-sentabr kuni poygadan chiqqan edi.
Shu tariqa, sobiq spiker prezident lavozimiga yagona da’vogar bo‘lib qoldi. Bunday vaziyatda mahalliy qonunchilikka ko‘ra, davlat rahbari saylovi o‘tkazilmaydi va nomzod avtomatik tarzda prezident deb e’lon qilinadi.
Izoh (0)