KXDR hukmron elitasining butun dunyo bo‘ylab maxfiy kompaniyalar tarmog‘i borligi, u o‘nlab million dollar daromad olish imkonini berishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”.
Harbiy masalalar bo‘yicha mutaxassis Andrea Berger hujjatli filmda aytib berishicha, Pxenyanda bunday maqsadlar uchun “39-ofis” tashkil qilingan. Qog‘ozda bu maxfiy departament — shunchaki Koreya ishchilar partiyasi bo‘limlaridan biri, amalda esa bu Kim Chen In va uning yaqinlari norasmiy moliyaviy operatsiyalari uchun “qora kassa”dir. Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu “Ofis” orqali Shimoliy Koreya yetakchisining oilasi yiliga taxminan 1,6 milliard dollar daromad oladi.
Mablag‘lar tarmoqning Afrika, Yaqin Sharq, ehtimol, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, hatto, AQSh va Buyuk Britaniyadagi filiallaridan kelib tushadi. Ular nimadir sotishi, daromadning bir qismini esa Pxenyanga yuborishi mumkin. Singapurdagi sobiq shimoliy koreyalik moliyachi Kim Kvan-Chjinning aytishicha, uning korxonasi ham shunday yo‘l tutgan va har yili Kim Chen Inning tug‘ilgan kuniga 20 million dollar yuborgan.
Izoh (0)