Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Shansyu shahrida 10 yoshli qizaloq Shansyu Texnologiyalar institutiga o‘qishga kirdi, deb xabar berdi China.org.cn.
Chjan Iven ismli vunderkind qizaloq o‘tish imtihonlarida 353 ball to‘pladi. Bu uning ikkinchi urinishi: u to‘qqiz yoshida 172 ball to‘plab institutga o‘qishga kirgan edi.
Chjan Iven boshqa ko‘plab bolalar kabi davlat maktabiga o‘qishga bormagan. Uni ota-onasi o‘qitgan.
Qizaloqning otasi Chjan keyinchalik aspirantura va ilmiy darajaga ega bo‘lish uchun Texnologiya institutidan boshqa oliy o‘quv yurtiga o‘tib ketishini umid qilmoqda.
Izoh (0)