Suriya qurolli muxolifati vakillari Ostonadagi muzokaralarning oltinchi raundida ishtirok etadi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Qozog‘istonning konsullik muassasalariga Suriya qurolli muxolifati vakillari kirish vizasi so‘rab murojaat qildi. Bu muxolifat o‘tgan galgidek muzokaralarning yangi raundida faol qatnashishidan dalolat beradi”, — dedi Abdraxmanov.
Vazirga ko‘ra, Ostona muzokaralarida kuzatuvchi sifatida Iordaniyaning yuqori martabali diplomatlari ham ishtirok etadi.
Izoh (0)