Yevropa ittifoqi Qrim va Sevastopolda o‘tkazilgan saylovlarni tan olmaydi. Bu haqda Yevropa tashqi siyosiy xizmati bayonotida aytiladi.
“Gubernator saylovlari Sevastopolda bo‘lib o‘tdi. Yevropa ittifoqi Qrim va Sevastopolning Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy qo‘shilishini tan olmagan va shu sababli Qrim yarim orolida saylovlar o‘tkazilishini tan olmaydi”, — deyiladi xabarda.
Muassasa ta’kidlashicha, Qrim yarim orolida saylanib, Qrim va Sevastopol vakili ekanligini da’vo qiladigan har qanday kishi ushbu hududlar vakili sifatida tan olinmaydi.
Izoh (0)