Meksika qirg‘oqlarida ikki yangi yerosti silkinishi qayd etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
5,6 magnitudali birinchi silkinish epimarkazi Tapachula shahridan 134 kilometr g‘arbda bo‘lgani bildirilmoqda.
Xuddi shunday magnitudali ikkinchi silkinish Xuchitan shahridan 150 kilometr shimoli-sharqda kuzatildi.
Oldinroq mazkur hududda turkum zilzilalar ro‘y bergan, ulardan eng kuchlisi 8-8,4 magnitudaga ega bo‘lgandi.
Izoh (0)