“Tolibon” harakati vakili AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘oniston hududida Amerika harbiy kontingenti saqlab qolinishi haqidagi bayonotini qoraladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Afg‘onistonda urushni davom ettirish o‘rniga amerikaliklar askarlarini olib chiqish haqida o‘ylashlari kerak edi. Harbiy harakatlarimiz mamlakatimizda AQShning birgina askari qolguncha davom etadi”, — dedi toliblar vakili Zabihulla Mudjahid.
Mazkur bayonot Trampning Afg‘oniston va Janubiy Osiyodagi vaziyat bo‘yicha rasmiy chiqishidan bir necha soat o‘tib yangradi.
Ma’lumot uchun, Fox News telekanaliga ko‘ra, Tramp Afg‘onistonga qo‘shimcha 4 ming nafar amerikalik harbiyni jo‘natish haqidagi farmonni imzolashga ulgurdi.
Izoh (0)