23-avgust, chorshanba kuni Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida poyezd relsdan chiqib ketishi natijasida shikastlangan kishilar soni 74 kishiga yetdi, deb yozadi “TASS” ANI axborot agentligiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, to‘rt kishi og‘ir ahvolda.
Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan 02:40 (Toshkent vaqti bilan 02:10)da Aurayya shahri yaqinida yuz berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd samosval bilan to‘qnashib ketishi natijasida 12 ta vagon relsdan chiqib ketgan.
Izoh (0)