Xitoyda Guandun va Futszyan provinsiyalarining sohilbo‘yi hududlariga “Xato” to‘foni yaqinlashayotgani munosabati bilan xavfning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat markaziy meteorologiya xizmati prognoziga ko‘ra, tropik siklon qirg‘oqqa 23-avgust, chorshanba kuni tushki payt yetib boradi.
Hozirda to‘fon Guandun provinsiyasining Chjuxay shahridan 200 kilometr janubi-sharqda bo‘lib, g‘arbiy yo‘nalishda soatiga 25 kilometr tezlikda harakatlanmoqda va tobora kuchaymoqda. Siklonning markaziy qismida shamol tezligi soniyasiga 40 metrga yetmoqda.
Szyansi, Xunan, Guychjou, Yunnan provinsiyalari, Guansi-Chjuan avtonom tumani va Xaynan orolida ham kuchli yog‘inlar va shiddatli shamollar kutilmoqda.
Xitoyda to‘fon tufayli xavfning eng yuqori darajasi joriy yilda birinchi bor e’lon qilinmoqda.
Izoh (0)