Ingushetiyaning Malgobek tumanidagi Psedax qishlog‘ida olib borilayotgan aksilterrorchilik operatsiyalari chog‘ida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt jangari yo‘q qilindi, deb yozadi “TASS” respublika huquq-tartibot organlariga tayanib.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Aziroyev ko‘chasidagi xususiy uyda qamalda qolgan to‘rt jangari o‘ldirildi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Psedax tumanida 23-avgust, chorshanba kuni ertalab aksilterrorchilik operatsiyasi rejimi joriy qilindi. Ushbu hududda transport va fuqarolar harakatlanishiga qator cheklovlar amal qiladi.
Izoh (0)