O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov “Al-Jazira” safidagi ilk golini urdi, deb ma’lumot berdi “Championat.asia” sayti.
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Amirlik klubi sinov-nazorat o‘yinida Gollandiyaning “Fortuna Sittard” klubiga qarshi harakat qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. “Al-Jazira” safidagi gollardan biriga o‘zbekistonlik futbolchi mualliflik qilgan.
Sardor Rashidov uchrashuvda 45 daqiqa harakat qildi, deb yozilgan xabarda.
Avvalroq Rashidov Amirlik chempionatining amaldagi g‘olibi bilan 2 yillik shartnoma tuzgandi. Klubning Osiyo Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida harakat qilishi Rashidov e’tiborini tortgandi.
Izoh (0)