Kolumbiyadagi shaxtada yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, bir kishi jabrlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
El Tiempo nashrining xabar berishicha, baxtsiz hodisa 28-iyul kuni oqshomda mamlakat g‘arbidagi Buritika munitsipalitetida yuz bergan.
Kolumbiya milliy o‘t o‘chirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Los-Moros shaharchasi yaqinidagi Mina shaxtasida hozirgi vaqtda yana besh kishi qamalib qolgan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar va boshqa shoshilinch xizmatlar yetib borgani aytilmoqda.
Izoh (0)