Zimbabvening 93 yoshli prezidenti Robert Mugabe o‘z lavozimini tark etmoqchi emasligini va o‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mugabe prezidentlikdan ketmasligi va o‘lmasligi haqidagi gaplarni Chinxoyi shahrida o‘n minglab tarafdorlari oldida qilgan chiqishi chog‘ida aytib o‘tgan.
Mugabe, shuningdek, prezidentlik kursisida uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan birorta ham odamni bilmasligini aytib o‘tgan. Ayni vaqtda, uning ta’kidlashicha, shifokorlar uning “kuchli skeleti”ni ko‘rib, hayratda qolgan.
Mugabe 1980-yildan beri Zimbabvega rahbarlik qilib keladi, uning salomatligi shifokorlar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turiladi.
Avvalroq Zimbabve prezidentining vakili Mugabe majlislar vaqtida uxlamasligi, aksincha, ko‘zlarini pastga qaratib, ularni asrashini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)