Ukrainaning CAVOK Air aviakompaniyasiga tegishli An-74 yuk samolyoti Afrikaning San-Tome orolidan havoga ko‘tarilish vaqtida falokatga uchradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ukraina infratuzilmalar vaziri o‘rinbosari Yuriy Lavrenyukning ma’lum qilishicha, falokat samolyotning o‘ng dvigateliga qushlar to‘dasiga kelib urilishi oqibatida yuz bergan.
“Ekipajning barcha a’zolari omon, faqat ular biroz jarohat olgan”, — deydi Yuriy Lavrenyuk.
Izoh (0)