“Tolibon” jangarilari Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida to‘g‘onni portlatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Khaama Press agentligining qayd etishicha, so‘nggi bir necha kun ichida “Tolibon” janubiy viloyatlarda ayniqsa faollashgan.
Mahalliy politsiya vakili Ziyo Duroniyning ma’lum qilishicha, to‘g‘on haqiqatan ham “Tolibon” jangarilari tomonidan vayron qilingan.
Uning aytishicha, mazkur to‘g‘on viloyatdagi minglab akr qishloq xo‘jaligi maydonlarini sug‘orishda muhim ahamiyatga ega edi.
Xabar berishlaricha, to‘g‘onning vayron bo‘lgani mahalliy aholini sarosimaga solib qo‘ygan — suvsizlik hududdagi unumdor yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Khaama Press’ning qayd etishicha, “Tolibon”ning o‘zi hozircha mazkur hodisa yuzasidan biror bayonot bergani yo‘q.
Izoh (0)