Yamanda vabo bilan bog‘liq 400 ming holat qayd etildi. Bu haqda mamlakatga tashrifi yakunida BMT Bolalar fondi, Butundunyo oziq-ovqat dasturi va Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarlari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Oxirgi 3 oy mobaynida Yamanda vabo bilan bog‘liq 400 ming holat qayd etildi. 1,9 ming kishi kasallik oqibatida olamdan o‘tdi. Kasallik tez tarqalib borayotganining asosiy sababi — urush davomida sog‘liqni saqlash tizimiga putur yetgani, to‘yib ovqatlanmaslik, shuningdek, suv va sanitariya vositalari ta’minotining yetarli emasligidir”, — deyiladi qo‘shma bayonotda.
Mamlakat to‘laqonli ochlik xavfi ostonasida turibdi: aholining yarmidan ortig‘i ertaga taomi bo‘lish-bo‘lmasligini bilmaydi. To‘yib ovqatlanmaslik esa immunitetning pasayishi va infeksiyalar oldida ojizlikka olib keladi.
Izoh (0)