Nigeriyada “Boko haram” jangarilari Nigeriya milliy neft korporatsiyasi uchun neft qidirib topish bilan shug‘ullanayotgan geologlar va ularning qo‘riqchilariga hujum qildi, oqibatda 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
“Qurbonlar soni o‘smoqda. Halok bo‘lganlar allaqachon 50 kishiga yetdi va yangidan-yangi jasadlarni keltirishmoqda”, — dedi AFP agentligining shifokor manbasi.
Izoh (0)