CNN o‘z saytiga Afg‘onistondagi “Tolibon” terrorchilik harakati jangarilari suratlarini joyladi, ular, telekanal fikricha, Rossiyadan qurol oladi. Fotosuratda “Kalashnikov” avtomatlari, tanitadigan belgisi bo‘lmagan snayperlik miltiqlari va og‘ir pulemyotlar ko‘targan toliblar aks etgan, deb yozadi “Kommersant”.
Afg‘oniston shimoli va g‘arbidagi ikkita “Tolibon” guruhlari CNN’ga ularga qurolni Rossiya hukumati yetkazib berishini tasdiqladi. Jangarilar aniqlik kiritishicha, bu qurol-yarog‘ni Rossiya IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash uchun Eron orqali yetkazgan. Toliblarning yana bir guruhi telekanalga ma’lum qilishicha, ular Rossiya qurolini Tojikiston bilan chegara orqali bepul oladi.
CNN aynan Moskva “Tolibon”ga qurol yetkazib berilishi uchun javobgarligi borasida rad etib bo‘lmaydigan dalillarga ega emasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, telekanal murojaat qilgan mansabdor shaxs aytishicha, Afg‘oniston hukumati bu qurol Rossiyadan yetkazilganiga ishonchi komil.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)