Qirg‘izistonda nikoh to‘yi vaqtida yuzaga kelgan janjal ommaviy mushtlashuv va ov miltig‘idan otishmaga aylanib ketdi. Bu haqda Chuy viloyati IIBBga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, 22-iyulda Jayil tumanidagi qishloqda nikoh to‘yi bo‘layotgan vaqtda mahalliy qishloq yoshlari va boshqa qishloq yoshlari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Janjal 24-iyulda davom etgan. Shu kuni ichki ishlar idorasining navbatchilik qismiga otishma bo‘lgani va yoshlarning ommaviy to‘planayotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabar qilinishicha, 27 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 28 nafar yigit politsiya bo‘limiga olib kelingan. Holat yuzasidan bezorilik alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, janjal oqibatida bir kishi jarohatlangan.
Izoh (0)