Xitoy Shimoliy Koreya atrofidagi inqiroz ehtimoli tufayli KXDR bilan chegarasini mustahkamlamoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, ikki davlat chegarasidagi Xitoy qo‘shinlari soni bitta brigadaga ko‘paygan, chegaraoldi tumanlarida esa aholi uchun boshpanalar qurilmoqda.
Kuzatuvchilar Xitoy—KXDR chegarasining mustahkamlanishini AQShning Pxenyanga qarshi harbiy harakatlar ehtimoli bilan bog‘lamoqda. Bu choralar 2006-yilda, Shimoliy Koreya ilk yadro sinovini o‘tkazganda boshlangandi.
Izoh (0)