Afg‘onistonning Faryob viloyatida xalq ko‘ngillilaridan 120 nafari “Tolibon” harakati tomonga o‘tib ketdi. Bu haqda “Afghanistan.ru” xabar bermoqda.
Ular yaqin vaqtgacha hukumat tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etgandi, biroq toliblar Qo‘histonat tumanini qo‘lga olganidan so‘ng jangarilar qatoriga qo‘shilishga qaror qildi.
Mazkur ma’lumotni viloyat gubernatorining matbuot kotibi Abdul Karim Yurish tasdiqladi. U jangarilar tomoniga o‘tganlar raqib qurshovida qolgan 200 nafar huquq-tartibot xodimi safida bo‘lganini bildirdi.
Ularning ortidan hamma ham ergashgani yo‘q: 60 nafarga yaqin xodim ikki komandir yetakchiligida qurshovdan chiqish va politsiya hamda maxsus bo‘linmalar toliblarga qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan qo‘shni G‘ur viloyatiga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)