Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-havo kuchlari qiruvchisi Typhoon Rossiyaning “NATO chegaralari yaqinidan uchib o‘tgan” Tu-22 samolyotlarini Qora dengiz osmonida to‘xtatib qolish uchun Ruminiya hududidan havoga ko‘tarildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Ruminiyadagi ‘Mixail Kogelnichanu’ aviabazasidan harakat qilib, Typhoon Rossiya HKK Tu-22 strategik bombardimonchisining harakatlariga reaksiya ko‘rsatdi”, — deyiladi Qirollik HHK xabarida.
Britaniya qiruvchisi Rossiya samolyotlari NATO uchun ahamiyatli hududni tark etmagunicha, ularga hamrohlik qilib bordi.
Izoh (0)