Politsiyachilar Kamchatkaning Milkovo qishlog‘i hududidagi tuman kasalxonasi hududiga kirgan ayiqni otib tashladi. Bu haqda Rossiya IIV o‘lka boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Politsiyaga fuqarolar qo‘ng‘iroq qilib, tuman kasalxonasi hududida ayiq yurganligi haqida xabar berdi. Voqea joyiga navbatchi politsiya naryadi jo‘natildi. Xodimlar ayiqni ortiga, o‘rmonga haydab yuborishga harakat qildi, biroq u ketmadi va o‘zini tajovuzkor tutdi. Qonunchilikka binoan, jonivor zararsizlantirildi”, — deyiladi xabarda.
Politsiyaga ko‘ra, voqea tufayli jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)