Shri-Lanka harbiy-dengiz kuchlari oqim ochiq dengizga olib ketgan ikki yosh filni qutqarish bo‘yicha 12 soatli operatsiyani o‘tkazdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jonivorlar qirg‘oqdan bir kilometr uzoqda payqalgani bildirilmoqda. Ular Kokkilay qo‘ltig‘idan o‘tayotganda oqim ochiq dengizga olib ketgani taxmin qilinmoqda.
Operatsiya davomida g‘avvoslar fillarni arqonlar bilan bog‘lab, qirg‘oqqa tortdi va shundan so‘ng qo‘yib yubordi. Ularning salomatligiga hech narsa tahdid qilmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)