Alyaskadagi Talkitna shahrining faxriy meri bo‘lgan Stabbs laqabli mushuk 20 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Stabbs 20 yil va 3 oy yashadi. U kun bo‘yi miyovlashini qo‘ymay, e’tibor so‘rab yoki o‘tirishni talab qilib, umrining oxirigacha jangchi bo‘lib qoldi”, — hikoya qiladi uning egalari.
Stabbs Alyaskadagi 900 kishi istiqomat qiladigan shaharchaga dunyoga kelganiga atigi bir necha oy bo‘lganida mer etib saylangandi. Talkitna aholisi mahalliy siyosatchilardan shunchalik bezor bo‘lgandiki, ular o‘z vaqtida mer lavozimiga nomzod sifatida malla dumsiz mushukchani ilgari surgandi.
Izoh (0)