Kaliforniya lotereya komissiyasi Long-Bichda istiqomat qiluvchi Uord Tomasga 5 million dollarlik jek-potni topshirishdan bosh tortmoqda. Chunki yutuqli chiptani uning voyaga yetmagan o‘g‘li sotib olgan, deb xabar berdi “Forum Daily”.
WSVN’ning ma’lum qilishicha, erkak komissiyani sudga bergan.
Tomasning o‘g‘li otasi aytgani uchun 2016-yilning oktabrida yoqilg‘i quyish shoxobchasidan bir nechta chiptalarni sotib olgan.
Ulardan biri esa yutuqli bo‘lib chiqqan.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u chiptani lotereya kompaniyasining ofisida tasdiqlatgan, biroq ikki oydan so‘ng unga mukofotni topshirishdan bosh tortishgan, chunki uni 16 yoshli o‘g‘li sotib olgan. O‘yinda esa faqatgina voyaga yetganlar ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, Tomas yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi sotuvchini ham sudga bergan, chunki u o‘yinda voyaga yetmagan shaxs ishtirok etishi mumkin emas deya ogohlantirmagan va uning o‘g‘lini yoshini so‘ramasdan chiptalarni sotgan.
Izoh (0)