Qozog‘istonning ForteBank banki foizsiz kredit so‘ragan mijozi Berik Sarbasovga antiqa taklif bilan chiqdi. Bu haqda Afisha Daily xabar bermoqda.
“Biz sizga bunday kredit taqdim eta olmaymiz, har holda ‘bank’ degan nomimiz bor. Biroq bundan ham zo‘r, siz uchun maxsus taklifimiz bor. Siz postingizda bizni tilga olib o‘tasiz, hafta davomida u qancha ‘layk’ to‘plasa, uni 10 ga ko‘paytirib, kartangizga o‘tkazib beramiz. 100 ta layk to‘plasangiz 1000 tenge olasiz, 100 000 uchun — million”, — deyiladi bank taklifida.
ForteBank buning uchun mijozga bir hafta muhlat berdi. Hozirgacha Sarbasovning posti ostida 8,8 mingdan ortiq “layk” to‘plandi.
Ma’lumot uchun, million tenge 3 ming dollardan oshiq summani tashkil etadi.
Izoh (0)