Qirg‘iziston hukumati prezidentlik lavozimiga nomzodlar davlat tilini egallaganlik darajasini “Qirg‘iztest” tizimi bo‘yicha aniqlanishini ko‘zda tutuvchi qaror qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Nomzodlarni sinovdan o‘tkazish davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli idora tomonidan tuzilgan ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Test topshirish jarayoni ballarni hisoblashda inson omili ta’sirini istisno etish uchun to‘liq avtomatlashtirilgan.
Prezident saylovi to‘g‘risidagi qonunga binoan, davlat rahbari lavozimiga nomzodlar davlat tilini “o‘rtachadan yuqori” bilishi lozim.
Nomzodlar tomonidan test topshirish jadvali 31-iyul — nomzodlarni ilgari surish muddati yakunlanganidan mamlakat Markaziy saylov komissiyasi tomonidan so‘ng tasdiqlandi.
Izoh (0)