Xitoyning Anxoy provinsiyasida telefonini tomosha qilishga berilib ketib oyog‘i ostiga qaramagan ayol zinadan yiqlib tushdi va vafot etdi. Uning yiqilib tushgani tasvirga olingan videoni MiaoPai portali e’lon qildi.
Shanghaiist ma’lumotlariga ko‘ra, ayol zinadan yiqilishi bilan boshiga yetgan jarohatdan hushini yo‘qotgan. Uni shifoxonaga olib borishgan, ertasi kuni esa u vafot etgan.
Avvalroq, 10-iyul kuni AQShda telefonga haddan ortiq berilib ketgan nafaqaxo‘r ayol 2 metrli shaxtaga tushib ketgan edi.
Izoh (0)