Yer sayyorasida havo haroratining isishi, aholi sonining esa o‘sishi davom etmoqda. Shunga bog‘liq ravishda oziq-ovqat xavfsizligi global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Olimlar bir necha yildan beri sigirlardan chiqadigan metan gaziga qarshi kurashib keladi, deb yozadi “Nauka”.
Olimlar yaqindan boshlab nafaqat issiq sharoitga chidamli shoxli qoramolni, balki ularni zotli ko‘paytirish, shuningdek, olinadigan go‘sht sifati samaradorligini oshirishga bel bog‘ladi.
Florida universiteti olimlari yuqori haroratga chiday oladigan qoramolning bardoshli yangi zotini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Bu turdagi ishni bajarishga branguss zoti (braxman va aberdin-anguss zotining chatishmasi) o‘rganib chiqilganidan so‘ng qaror qilingan.
Branguss zotli qoramollar boshqa zotdagilarga nisbatan issiq va namlikka bardoshli ekanligi ma’lum.
Branguss ikki qoramol zotlarining eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida birlashtirgan. Braxman zotining kasalliklarga bardoshliligi, chidamliligi va ona instinkti aberdin-anguss zotining ijobiy jihatlari bilan birgalikda yangi zotni AQSh, Meksika, Avstraliya, shuningdek, Janubiy Amerika va Afrikada mashhur qilib yubordi.
Biroq floridalik olimlar ushbu jonivorlar bu kabi issiq sharoitda qanday yashab qolishi aniqlash niyatida. “Issiqbardosh”, shu bilan birga sifatli go‘sht beradigan qoramollarni yaratish uchun 773 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratildi.
Ushbu pullar turli zotdagi qoramollarning tana haroratiga javob beruvchi DNK kodlarini o‘rganishga sarflanadi.
AQShlik olimlarning hisoblashicha, bu iqlimiy o‘zgarishlarga bog‘liq muammolarni hal qilishning mutlaqo yangicha usulidir.
Izoh (0)