Yaqindagina Tinch okeanining sivilizatsiyadan yiroq bo‘lgan, kimsasiz oroli eng ifloslangan hudud ekanligi ma’lum bo‘ldi. Har yili jahon okeaniga 8 millon tonna plastik chiqindi tashlanadi. Ular qayerda yig‘ilishini maxsus xarita ko‘rsatadi, deb xabar berdi “Nauka”.
Yangi zelandiyalik dizaynerlar 2014-yildagi tadqiqot natijalariga ko‘ra, jahon okeanining ifloslanishi tasvirlangan interaktiv xaritani yaratdi. Oq nuqtalar bilan yig‘ilib qolgan chiqindilarning zichligi qayd etilgan.
Har bir nuqta, taxminan, 20 kilogramm plastik chiqindini bildiradi. Eng ifloslangan hududlarni qit’alarning sohillarida ko‘rish mumkin. Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon okeanida umumiy og‘irligi 268 940 tonnaga teng 5,25 trillion zarra plastik chiqindi mavjud.
Janubiy hamda Shimoliy yarimshardagi okeanlarda tegishli ravishda 56 va 57 foiz chiqindi mavjud. Hind okeanida esa Janubiy Atlantika va Tinch okeanining janubiy qismiga nisbatan chiqindi sezilarli darajada ko‘p.
Xarita mualliflari bu bilan dunyo bo‘ylab plastik ifloslanish muammosiga odamlar e’tiborini qaratishga umid bog‘lagan.
Izoh (0)