Xitoylik olimlar mamlakat sharqidagi Shandun provinsiyasidan o‘z davri uchun o‘ta baland hisoblangan, ya’ni 1,9 metrli odamlarning qoldiqlarini topdi, deb xabar berdi “TASS”.
“Biz suyaklarni o‘rganib chiqqach shunday qarorga keldik. Ular hayotligida, shubhasiz, bundanda baland bo‘lgan. O‘ylashimcha, tananing bu kabi tuzilishiga, ushbu odamlar foydalana olgan to‘kin-sochin yegulik manbalarining mavjudligi sabab bo‘lgan”, — deydi Shandun universitetidan bo‘lgan Fan Xuey.
Arxeologlar tomonidan topilgan qoldiqlarning egalari zamonaviy Xitoy hududida besh ming yil avval yashagan. Topilma 2016-yildan beri Szinan shahri hududida olib borilayotgan qazilma ishlari vaqtida topilgan. Mutaxassislarning hisoblashicha, qazib olingan qoldiqlar qadimda Xuanxe daryosining havzasida yashagan neolit madaniy davrining vakillariga tegishli.
Izoh (0)