Britaniyaning Nyukasl-ander-Laym shahridagi maktab bitiruvchisi — 15 yoshli Tom Vag Kil universitetidagi amaliyotining uchinchi kunida noma’lum sayyorani kashf qildi, deb yozadi Yangiliklar federal agentligi.
Britaniyalik o‘smir “Keng spektrda sayyoralar qidiruvi” dasturi ma’lumotlarini tahlil qilib chiqib, qorong‘ilashgan nuqtani payqab qoldi, yaqindan qaraganda, u shu paytgacha fanga noma’lum sayyora bo‘lib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘z kashfiyotini maktab o‘quvchisi ikki yil avval amalga oshirgan, o‘shandan buyon esa u o‘z farazlarini isbotlash uchun kuzatuvlar bilan shug‘ullangan.
Oxir-oqibat, u kashf qilgan sayyoraga WASP-142b nomini berishdi. Tajribali astronomlar fikricha, osmon jismining kattaligi Yupiterniki bilan teng, unga yetib borish uchun ming yorug‘lik yilini bosib o‘tish kerak.
Izoh (0)