• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    22 yoshli Alisher Sa’dullayev va 25 yoshli Olimjon To‘ychiyev — Prezident tayinlagan lavozimlardagi ilk 100 kunlik ish rejalari haqida

    O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev hamda Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev yangi lavozimdagi ilk 100 kunlik faoliyatlari uchun o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifa va maqsadlar haqida jurnalistlarga ma’lum qildi. Ular bilan uchrashuv Xalqaro press-klubning 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan anjumani doirasida bo‘lib o‘tdi.

    Olimjon To‘ychiyev (chapda) va Alisher Sa’dullayev.

    Olimjon To‘ychiyev (chapda) va Alisher Sa’dullayev.
    Foto: “Gazeta.uz”

    22 yoshli Alisher Sa’dullayevning qayd etishicha, (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi sifatida qayta tashkil etilgan) “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyi yoshlar uchun tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi. “Bundan keyin Prezident bilan ochiq gaplasha olamiz, muammolarimizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayta olamiz, ular bizning ishongan odamimiz bo‘ldilar”, — dedi u.

    Alisher Sa’dullayev.

    Alisher Sa’dullayev.
    Foto: Xalqaro press-klub

    Ikki yosh yigitning boshqaruv lavozimlariga tayinlanishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, foydalanuvchilarning bir qismi bu yigitlar vakolatli lavozimlar uchun hali yoshlik qilmasmikin, deb savol qo‘yayotgan bo‘lsa, boshqalar yoshlarga yo‘l berish vaqti kelganini ta’kidlamoqda. Alisher Sa’dullayevning o‘zi esa “ko‘plab xabar va savollar kela boshlagani sabab, Facebook’dagi akkauntini o‘chirib tashlashga majbur bo‘lgani”ni tan oldi.

    Alisherning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z oldiga maqsadlar qo‘ygan, loyihalar va ularni amalga oshirish uchun zarur kunlar soni bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan. “Yoshlar jamiyat hayotida faol bo‘lishi uchun qo‘limdan kelganicha hissamni qo‘shishga harakat qilaman”, — deya ta’kidladi u.

    Vazir o‘rinbosari yoshlar bir yetakchini ajratib olib, unga ergashishi emas, balki birlashishi kerak, deb hisoblaydi. “Bizda energiya va entuziazm bor, kurashamiz. 24 soat ishlash kerak bo‘lsa, 25 soat ishlaymiz. Lekin bizga tajriba kerak. Tajribani oqlash uchun ham o‘rganamiz, har kuni tadqiqot qilamiz, rivojlangan davlatlardan namuna olamiz”, — dedi u.

    Sa’dullayevga ko‘ra, xalq ta’limi tizimi 5 million bolani qamrab olgan bo‘lib, ulardan 4 millioni maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydi. “Biz bog‘cha bolalariga ko‘proq e’tibor qaratishimiz kerak. Ular besh kriteriya, xususan, intellekt koeffitsiyenti va emotsional intellekt bo‘yicha maktabga tayyor bo‘lishi kerak. Bilsam, bizda bularning bari bor ekan, biroq ularni amaliyotga qo‘llashimiz kerak. Eng muhimi — ota-onalar va bog‘cha mudiralari, maktab o‘qituvchilari o‘rtasida bog‘liqlik yaratishdir”, — deya qayd etdi vazir o‘rinbosari.

    Alisher Sa’dullayevning fikricha, Prezident yoshlar vakilini bekordan-bekorga bu lavozimga tayinlamagan — davlat rahbari bu bilan yoshlar qo‘rqmasligi va o‘z g‘oyalarini baralla aytishi kerakliginini bildirmoqchi bo‘lgan. “Men oldimga qo‘yilgan vazifani oqlayman. Kelasi yil, balki, yana o‘nta shunday yigit chiqar. O‘sha kuni ular Prezident oldida chiqish qilishdan qo‘rqdi. Ularning soni bundan-da ko‘p bo‘lishi kerak. Men buni isbotlashga harakat qilaman”, — dedi u.

    Dastlabki 100 kunlik faoliyati bilan bog‘liq rejalari bilan o‘rtoqlasharkan, Alisher Sa’dullayev birinchi galda bolalar bog‘chalaridagi ahvolni o‘rganish, yangi tizimlarni tatbiq etish, sharoitlar bilan bevosita tanishish maqsadida viloyatlarga safar qilishini ma’lum qildi. Dam olish kunlari u Toshkentdagi birining ko‘rsatkichlari yuqori, ikkinchisiniki esa past bo‘lgan ikki maktabda bo‘lishga ulgurgan. “Muammolarni o‘rganish, qanday yo‘lni bosib o‘tish kerakligini tushunib olish uchun ular orasidagi farqni ko‘rish kerak”, — dedi vazir o‘rinbosari.

    Oliy ta’lim muassasalari talabalari haqida gapirarkan, Alisher Sa’dullayev ta’lim uchun sarflangan pullarni qanday qilib qoplab berishi haqidagi savollar bilan bosim o‘tkazmay, ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. “Bu savolni berish noto‘g‘ri, biz bosim o‘tkazishimiz kerak emas. O‘z navbatida, shunday savollar berilgan vaqtda biz ham ikkilanmasligimiz kerak. ‘Kimni qo‘lida ishlar ekanman, nima ish qilsam ekan?’, deb emas, ‘Qancha ish o‘rni yarata olaman?’, deb yashashimiz kerak”, — deb hisoblaydi vazir o‘rinbosari.

    Olimjon To‘ychiyev.

    Olimjon To‘ychiyev.
    Foto: Xalqaro press-klub

    25 yoshli Olimjon To‘ychiyev fan va texnologiyalar rivojining mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’siri borasida misol keltirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishlar rivoji uchun barcha imkoniyatlar, xususan, yoshlarning salohiyati, ko‘nikmalari va intilishlari bor.

    Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori o‘rinbosarining ishonchi komil — fan va texnologiyalarni butun respublika bo‘ylab ommalashtirmoq kerak. Bunga bir misol — har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yosh robototexniklar” tanlovidir.

    “Ko‘pchilik robototexnika juda ham qiyin soha, unga juda ham ko‘p mablag‘ kerak, uni o‘rganish juda ham qiyin, deb hisoblaydi. Bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. O‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, Bekobod shahridagi maktabni tamomlab, kollejni bitirib, Turin politexnika universitetiga kirganimdan keyin robotexnika bilan shug‘ullana boshlaganman”, — dedi u.

    Yangi lavozimdagi ishining birinchi 100 kunida Olimjon To‘ychiyev doktoranturadagi kvotalar taqsimotini qayta ko‘rib chiqish, yosh olimlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bo‘lim tashkil etish, mini-texnoparklar ochish bilan shug‘ullanish hamda doktorantlarni mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning muammolarini o‘rganishga jalb qilishni maqsad qilgan.

    03.07.2017, 23:51   Izoh (0)   169879
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari: Qog‘ozbozlikdan qutulish uchun besh baholik tizimga o‘tish masalasini ko‘rib chiqyapmiz

    03.07.2017, 22:24

    Seul meri bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev, Anvar qori atrofidagi “soat mashmashasi”, toza suvli bo‘lgan Mo‘ynoq va kunning boshqa muhim xabarlari

    03.07.2017, 22:01

    “Xudodan qo‘rqishsin!”. Anvar qori uning 250 dollarlik soati haqida “tuhmat tarqatganlarga” juma namozida javob qaytaradi

    03.07.2017, 21:27

    Toshkentning sobiq hokimi tarixiy obyektlarni rekonstruksiya qilish direksiyasiga rahbar etib tayinlandi

    03.07.2017, 19:49

    Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Latviyada O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimotini o‘tkazdi

    03.07.2017, 19:20

    Toshkentga ilk bor tashrif buyurgan Seul meri koreys diasporasidan o‘zbek xalqiga minnatdorlik yodgorligi ochilishida ishtirok etdi

    03.07.2017, 18:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “FVV xodimlari pul yig‘ish bilan shug‘ullanmaydi”. Andijon FVB soxta xodimlardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 19:25

    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi

    Reklama | 19 avgust, 18:00

    Germaniyada 30 yildan so‘ng Putinning Ukraina haqidagi bayonoti yozilgan hujjat e’lon qilindi

    Dunyo | 19 avgust, 19:10

    O‘zbekistonda mashhur brendlarni soxtalashtirib kiyim sotganlarga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 19:00

    Magnit bo‘roni salomatlik uchun qanchalik xavfli va undan qanday himoyalanish mumkin?

    Layfstayl | 19 avgust, 18:50

    Samarqandda suvsizlikdan qurib qolgan 2 000 ta daraxt bo‘yicha masʼul jazoga tortildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 18:40

    Vashingtondagi muzokarada Vladimir Zelenskiyga nimalar va’da qilindi?

    Dunyo | 19 avgust, 18:25

    Navoiydagi “Temirchi” oltin koni qariyb 68 mlrd so‘mga sotildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 18:10

    Toshkent viloyatida 10-sentyabrdan issiq suv va isitish xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.