Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlariga qarshi javob sanksiyalarini 2018-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
29-iyun kuni Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga — 2018-yil 31-yanvarga qadar uzaytirgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya bunga qarshi javob choralari ko‘rishga qaror qildi.
Vazirlar Mahkamasining javob sanksiyalari paketi prezident bilan kelishilishini bosh vazir Dmitriy Medvedev 29-iyun kuni ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)