AQSh prezidenti Donald Tramp MSNBC telekanalining Morning Joe dasturi boshlovchilari —yaqinda olamdan o‘tgan taniqli siyosatshunos Zbignev Bzejinskining qizi Mika va hamkasbi Jo Skarboroni oshkora haqorat qildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.
“Reytingi past bo‘lgan Morning Joe shousida (uni boshqa ko‘rmayman) men haqimda yomon fikr bildirishayotganini eshitdim. Aqliy qobiliyati past bo‘lgan telba Mika (uning yuzi torttirilganidan keyin butkul qontalash edi) va savdoyi Jo Yangi yildan avval qatorasiga uch marotaba oldimga, Mar-a-Lagoga kelgan va qabul qilishimni so‘ragandi qilgandi. Ularga rad javobini berganman!”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Teleboshlovchilar Trampning Floridadagi qarorgohiga inauguratsiyasiga bir oy qolgan saylangan prezidentdan intevyu olish uchun kelgandi.
MSNBC telekompaniyasi Twitter’dagi rasmiy sahifasida Trampning haqoratlarini qoraladi.
“Bugun Amerika uchun o‘ta qayg‘uli kun. Uning prezidenti o‘z ishini bajarish o‘rniga vaqtini haqorat, aldov va shaxsiy mayda xurujlarga sarflamoqda”, — deyiladi telekompaniya bayonotida.
Izoh (0)