Kanada Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi bo‘yicha tekshiruvlarini davom ettirish uchun 2,5 million dollar ajratadi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Xristya Friland ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Mazkur bayonot Kanada tomonidan Suriya xalqi qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlanishini anglatadi. KQTTning dadil va fidoyilik bilan olib borilayotgan faoliyati Suriyada kimyoviy hujumlar sodir etilishi holatlarini aniqlashda asosiy omil bo‘lib turibdi”, — ta’kidladi vazir.
Ottava homiylik qiladigan tekshiruvlar doirasida KQTT rasmiy Damashq tomonidan kimyoviy qurol zaxiralari yo‘q qilinishi ekspertizasini o‘tkazadi.
Izoh (0)