Rossiya Tabiiy va aniq fanlar akademiyasi olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan fan va texnika rivojiga munosib hissasini qo‘shayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan olimlar o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovda Rossiya, Germaniya, Xitoy, Shri Lanka, Ozarbayjon, Bolgariya, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlardan 300 dan ortiq yosh olim o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etdi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining audiovizual texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi Saida Beknazarova “Fan va texnikada xizmat ko‘rsatgan arbob” unvoni bilan taqdirlandi.
Izoh (0)