Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini uzatuvning raqamli formatiga o‘tish uchun zamonaviy multimedia uskunasi bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzoladi.
Hujjatda aytilishicha, MTRK “Uzatuvning raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia uskunasi bilan jihozlash” loyihasini amalga oshiradi.
MTRK Germaniyaning BFE Studio und Medien Systeme Gmbh kompaniyasi bilan 18 million yevrolik uskunalar majmuasini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish bo‘yicha import shartnomasi tuzilgan.
O‘zbekiston rahbari MTRKning loyiha doirasida qo‘shimcha uskunalar, xizmatlar va ishlarni sotib olish haqidagi taklifini ma’qulladi. Natijada Germaniya kompaniyasi bilan shartnoma qiymati 18 milliondan 22,5 million yevrogacha o‘sadi.
Izoh (0)