Facebook foydalanuvchilari Toshkentda yer silkinishi sezilganini ma’lum qildi.
“Toshkent” seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yer silkinishi Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida sezilgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 516 km uzoqlikda, Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida joylashgan. Toshkent vaqti bilan 8:51 da yuz bergan zilzila magnitudasi epitsentrda 5 ga teng bo‘lgan.
Seysmostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Toshkentda sezilmagan. Boshqa viloyatlarda qay darajada sezilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)