O‘zbekiston xususiy turistik firmalarining assotsatsiyasi hamda “Otamakon” (Qozog‘iston) tadbirkorlar milliy palatasi turizm sohasida hamkorlik yuzasidan memorandum imzoladi, deb xabar berdi UzDaily.
Hujjat “Otamakon” tadbirkorlar milliy palatasining boshqaruv raisi Yuliya Yakupbayeva bilan O‘zbekiston xususiy turistik firmalar assotsatsiyasi raisi Nabijon Qosimovning bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunida imzolandi.
Tomonlar ikki mamlakatning diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilish va qo‘shma tur paketlarining imkoniyatlarni muhokama qildi. Shuningdek, turizm sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari, tibbiyot turizmi, turizmning butun dunyoga mashhur turi hisoblangan — karavaningni qayta tiklash, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab doiraviy marshrutni tashkil qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)