Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida giyohvandlikka qarshi kurashish ishlari zamon talablaridan ancha ortda qolib ketmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi Gulistan Annaqlicheva “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasida ma’lum qildi, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri.
“Yoshlar orasida bu yo‘nalishdagi choralarni yanada kuchaytirish, giyohvandlikka berilgan, zaharlanib, kasallikka chalinganlarni hayotga qaytarish giyohvandlik tomirlarini uzil-kesil qirqishga yordam bergan bo‘lar edi, — deya davom etgan muallif. — Shuningdek, Xo‘jayli tumani hududida qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik kabi jinoyatlarning oldingi yillarga qaraganda ortganini ko‘ramiz”.
Izoh (0)