Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida uyida fohishaxona saqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB sayti ma’lum qildi.
2017-yilning 24-iyun kuni taxminan soat 20:00 larda o‘tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida, Ravil Vasyakin (ismi o‘zgartirilgan) Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 24 000 so‘m pul evaziga fuqarolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)