Suriyaning Idlib provinsiyasidagi Ed-Dana shahrida 24-iyun, shanba kuni yuz bergan portlash oqibatida kamida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 30 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, minalashtirilgan avtomobil shahar bozorida kunning ikkinchi yarmida, odamlar Iyd al-Fitr bayrami arafasida xaridlar qilayotgan vaqtda portlagan. Qurbon bo‘lganlar orasida uch nafar yosh bola bor.
Izoh (0)