Bir necha oy avval 20 yoshli qizi Ebbidan ajralib qolgan AQSh fuqarosi Bill Konner transplantatsiya dasturi doirasida uning organlariga ega bo‘lgan odamlar bilan uchrashishga qaror qildi, deb yozadi TJournal. Qiz o‘zining uchta organini 20 dan 60 yoshgacha bo‘lgan uch erkakka hadya qildi.
Billning qizi besh oy avval Meksikada ta’til chog‘ida bosh suyagi va miya shikastlanishi natijasida halok bo‘ldi. U 16 yoshidayoq organlar donori bo‘lishga qaror qilgan, uning bu qarorini oilasi qo‘llab-quvvatlagan edi.
Ebbining otasi qizining organlari ko‘chirib o‘tkazilgan odamlar bilan uchrashishga qaror qilib, velosipedda yo‘lga chiqdi. Ilk sayohatini Viskonsindan Luizianaga amalga oshirdi va 4 ming kilometrdan ziyod yo‘l bosdi. Luizianada Ebbining yuragi ko‘chirilgan kichik Jek Lomot bilan ko‘rishdi. Jek ota o‘z qizining yurak urishini eshitishi uchun uchrashuvga stetoskop olib chiqdi. Bill yurak urishi tovushini yozib oldi, endi uyga qaytishda uni eshitib ketmoqchi. Erkak o‘z sayohatini davom ettirib, yo‘lda odamlarga donorlikning ahamiyati haqida gapirib bermoqchi.
Dad bikes 1,400 miles to hear deceased daughter's heartbeat on Father's Day https://t.co/UlZQwhnohS pic.twitter.com/5NIvNWy5wx
— CBS News (@CBSNews) June 22, 2017
Izoh (0)