Suriya hukumati Damashqdagi Adra qamoqxonasidan 671 nafar mahbusni ozod qildi, deb yozadi “RIA Novosti” “Al-Mayadin” telekanaliga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ozodlikka chiqarilganlar orasida 91 nafar ayol ham bor.
Suriya prezidenti Bashar Asad Ramazon hayiti munosabati bilan xalq bilan murosa dasturi doirasida mahbuslarni ozod qilish haqida buyruq imzoladi.
Izoh (0)