Londonning Kemden munitsipal okrugi kengashi Chalcots Estate kichik tumanidagi 5 ta ko‘p qavatli uy aholisini mazkur binolar Grenfell Tower’dagi kabi materiallar bilan qoplangani sababli evakuatsiya qiladi. Bu haqda kengash rahbari Jorjiya Guld ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Grenfell Tower’dagi yong‘in barcha narsani o‘zgartirdi. Aholini asrash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz, chunki insonlar xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifamiz hisoblanadi”, — dedi Jorjiya Guld.
Kengash rahbariga ko‘ra, uylarning qoplamasi yong‘in xavfsizligi standartlariga to‘g‘ri kelmaydi va o‘tga chidamli emas. Chalcots Estate tumanidagi uylardan taxminan 800 oila evakuatsiya qilinadi.
Evakuatsiya qilinganlar mehmonxonalarga, agar imkon bo‘lsa, qarindoshlari va do‘stlarining uylariga joylashtiriladi.
Izoh (0)