Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni AQSh prezidenti Donald Trampda unda eng ko‘p turmush o‘rtog‘i Melaniya yoqishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Trampda menga ko‘proq Melaniya yoqadi: go‘zalligi, uslubi va yoqimtoyligi uchun”, — dedi Berluskoni La7 uchun bergan intervyusida.
Berluskoniga ko‘ra, u hech qachon birinchi xonim bilan shaxsan tanish bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, “AQShda hatto demokratlar ham Melaniyani tanqid qilmasligi”ni eslatib o‘tdi.
Izoh (0)